O‘zimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik

© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva AlamafruzaAbdullayev Alamafruz
Abdullayev Alamafruz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘ttiz birinchi dekabr kuni Olamafruz Abdullayev namoz o‘qish uchun erta uyg‘onadi. Portlash ovozini eshitgach, darhol kiyimini kiyib, ko‘chaga yugurib chiqadi. Hali yigit sakkiz kishini qutqarishini bilmaydi. O‘zbekistonlik yigit Sputnik muxbiriga bergan intervyuda “har bir haqiqiy musulmon shunday qilgan bo‘lardi”, – deya javob beradi.

TOShKENT, 6 yanv  — Sputnik. O‘tgan yilning so‘nggi kunida mudhish fojia sodir bo‘ldi. Magnitogorsk shahrining Karl Marks ko‘chasida maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning podyezdlaridan biri qulab tushdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu holat 39 kishining umriga zomin bo‘ldi.

Voqea joyiga qutqaruvchilardan oldin o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayev yetib keldi. U yaqin atrofdagi uylardan birida istiqomat qiladi.

Yigit sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi. FVV xodimlariga ko‘maklashdi - vayronalarni tozaladi, yong‘inni o‘chirishga yordam berdi.

O‘zbekistonlik yigit o‘zini qahramon deb hisoblamaydi.

“Bu holatdan keyin o‘zimni yulduz deb hisoblamayman. Musulmonlar ochiq ko‘ngil, bag‘rikeng, boshqa odamlarga yordam berishga harakat qilishadi”, - dedi Olamafruz.

© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva AlamafruzaAbdullayev Alamafruz
O‘zimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik - Sputnik O‘zbekiston
Abdullayev Alamafruz

Alamafruz Abdullayev Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Termezda kollejda tahsil olgan, keyinchalik Rossiyaga kelgan. Bu yerda yetti yildan beri istiqomat qiladi.

“To‘g‘risini aytsam, Rossiya menga yoqadi. Bu yerda ko‘p do‘stlarim, tog‘alarim yashaydi”, - dedi Olamafruz.

Hozircha u Rossiya fuqaroligini olmagan, biroq rejalashtirmoqda.

Biroq Abdullayev o‘z vatanini unutgani yo‘q.

“Men O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganligimdan faxrlanaman. O‘z mamlakatimni juda yaxshi ko‘raman”, - deb qo‘shimcha qildi Abdullayev.

© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva AlamafruzaAbdullayev Alamafruz
O‘zimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik - Sputnik O‘zbekiston
Abdullayev Alamafruz

Bo‘sh vaqtida esa u “Kudo” kurash sport turi bilan shug‘ullanadi. Chelyabinsk viloyatida uchinchi o‘rinni olgan.

Yangiliklar lentasi
0