Meksikada quvur portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 70dan oshdi

Obuna bo‘lish
Meksikada benzin quvuridan aholi tomonidan ommaviy yonilg‘i o‘g‘irlash vaqtida kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Meksikaning Idalgo shtatida quvur portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 70 dan oshi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Milenio TV xabariga asosan.

Mahalliy telekanal xabariga aytilishiga ko‘ra, Idalgo shtati gubernatori Omar Fayad quvur oldidagi kanalda olib borilgan qazish ishlari natijasida yana bir necha kishining jasadi topilganini ma’lum qilgan.

Migranti iz Gondurasa begut ot slezotochivogo gaza, raspilennogo amerikanskimi pogranichnikami - Sputnik O‘zbekiston
"Professional ish": Vashington Meksika chegarasida migrantlar quvilishini shunday baholadi

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Meksika hududi orqali o‘tgan yirik “Tuspan-Tula” benzin quvuri, benzin o‘g‘irlash maqsadida, noqonuniy ravishda teshilganligi ma’lum bo‘ladi. Keyinchalik ushbu teshik kattalashib quvurdan katta miqdorda benzin favvorasi otilib chiqa boshlaydi.

Tekin benzindan foydalanib qolish maqsadida yuzlab mahalliy aholi vakillari kanstr va bidonlar bilan quvur yoniga to‘plangan vaqtda kuchli portlash sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng ulkan maydondan yong‘in chiqadi.

So‘nggi vaqtlarda Meksidaka quvurlardan noqonuniy ravishda yonilg‘i o‘g‘irlash holatlari avj olgan edi. Buni oldini olish maqsadida, hukumat hatto yonilg‘ini sisternalarda tashishga o‘tgan edi. Mavjud quvurlar va yonilg‘i omborlari esa armiya yordamida qo‘riqlashga o‘tgan. Benzin yetkazib berishda muammolar tufayli mamlakatning ayrim hududlarida AYoQShlarda ulkan navbatlar kuzatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0