"Professional ish": Vashington Meksika chegarasida migrantlar quvilishini shunday baholadi

© REUTERS / KIM KYUNG-HOONMigranti iz Gondurasa begut ot slezotochivogo gaza, raspilennogo amerikanskimi pogranichnikami
Migranti iz Gondurasa begut ot slezotochivogo gaza, raspilennogo amerikanskimi pogranichnikami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oq uy bayonotida harbiy xizmatchilar "xavfli vaziyatni professionallik bilan yengib o‘tganlari" qayd etilgan

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Oq uy Meksika tomondan chegarani kesib o‘tishga harakat qilgan migrantlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan amerika harbiylari harakatiga izoh berdi.

"To‘rt nafar agentga uloqtirilgan predmetlar tegdi. Chegara uchun javob beruvchi ofitserlar ommani tarqatish uchun xavfli bo‘lmagan vositalar yordamida javob qaytardilar - bu butun davlat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari uchun belgilangan standart protokoldir", - deb yozilgan Oq uy  Twitterida.

Karavan migrantov iz Gondurasa napravlyayetsya v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Tramp zarur bo‘lsa Meksika bilan chegarani yopishga va’da berdi

Shunday qilib, harbiy xizmatchilar "xavfli vaziyatni professionallik bilan yengib o‘tganlari" qayd etilgan.

Bayonotda shuningdek, omma asosan katta yoshdagi yolg‘iz erkaklardan iborat bo‘lishgani aytilgan.

Ilgariroq, migrantlarga qarshi yosh oqizuvchi gaz ishlatilgani xabar qilingan edi. OAVlar tomonidan tarqatilgan fotosuratlarda gaz qo‘llanilgan shaxslar orasida bolalar va ayollar bo‘lganlari ham aks ettirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Meksika hududidan AQShga qarab Markaziy Amerikadan migrantlarning bir nechta karvoni yo‘l olgan.

Meksika IIV xabariga ko‘ra, chegara oldida Gonduras, Gvatemala va Salvadordan 5,6 ming migrantlar to‘plangan.

Karvondan ajralgan migrantlarning bir qismi vatanga qaytgan yoki Meksikada qolgan. Vashington chegarani nazorat qilish uchun bir necha ming harbiy xizmatchilarni yuborgan.

Yakshanba kuni amerika chegara xizmatchilari Meksika bilan chegarada, San-Diyego tumanida joylashgan asosiy o‘tkazish punktlaridan birini yopgan edi. Ammo dushanba kunga kelib, uning faoliyati qayta tiklandi.

Bundan tashqari, Donald Tramp hukumat zarurat tug‘ilganida nolegal migrantlarga qarshi kurash maqsadida chegaradagi barcha o‘tkazish punktlarini yopish va’dasini berdi.

Yangiliklar lentasi
0