2019 yil 1-yanvardan chet elda ishlagan davrlar mehnat stajiga kiritiladi - Xafizov

© Sputnik / Kirill KallinikovInostrannie rabochie u xostela
Inostrannie rabochie u xostela - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun mehnat staji vakolatli organ, ya’ni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga joylashtirilgan fuqarolarga beriladi

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi qarorlariga muvofiq Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

Poluchit patent v Mnogofunksionalnom Migratsionnom Sentre Moskvi v Saxarovo (russkiy yazik)  - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada patent narxi oshdi

"2019 yil 1-yanvardan keyingi davrda chet elda ishlagan fuqarolar pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to‘rt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin", - dedi Xafizov.

Ta’kidlanishicha, fuqaroning chet elda bo‘lgan davrini tasdiqlash bo‘yicha asos, bu: O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) yoki O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti bo‘ladi.

Sug‘urta badallarini to‘lash tartibi: har oyda yoki har chorakda; bir yo‘la — O‘zbekistonga kelgan kunidan boshlab uch oy mobaynida amalga oshiriladi.

2019 yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun mehnat staji vakolatli organ, ya’ni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali ishga joylashtirilgan fuqarolarga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0