Moskvada patent narxi oshdi

Obuna bo‘lish
Mehnat migrantlariga ishlash huquqini beruvchi patent narxi 5 ming rublgacha oshirildi

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, migrantlar uchun patent to‘lovi narxi 4,5 mingdan 5 ming rublga qadar oshiriladi.

Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning patent berish markazi ochilishi mumkin

Tegishli tuzatishlar Mosgorduma tomonidan 2018-yil noyabr oyi yakunida o‘tkazilgan majlisda kiritilgan.

Moskva shahar dumasining iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha komissiya raisi Lyudmila Gusevaning fikricha, poytaxtga tegishli ta’limni olgan va Moskvada ishlash imkoniyatiga ega mehnat migrantlari kelishlari lozim.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, chet elliklar uchun patent narxining ko‘tarilishi mamlakat budjetini to‘ldirishga xizmat qiladi, tushgan mablag‘lar esa ijtimoiy yo‘nalishlarda sarf etiladi.

Moskva shahar dumasi bilan bir vaqtda Moskva viloyati dumasi ham patent narxini oshirish qarorini qabul qilgan. 2019-yil 1-yanvar sanasidan patent narxi viloyatlar uchun 450 rublga oshadi va 4,75 ming rublni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0