2019 yil insoniyat ro‘baro keladigan global xavflar o‘ntaligi

Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotiga ko‘ra, gripp pandemiyasi xavflar reytingida uchinchi o‘rinda turadi, mutaxassislar keng ko‘lamli epidemiya istalgan vaqtda tarqalib ketishi mumkinligini istisno etishmaydi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) 2019-yilda insoniyat to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan global xavflar ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi "National Geographic Rossiya".

Obed v stolovoy - Sputnik O‘zbekiston
BMT eksperti: O‘zbekistonda ikki millionga yaqin kishi to‘yib ovqat yemaydi

Birinchi o‘rinda - havo ifloslanishi. Koinotdagi o‘n kishidan to‘qqiztasi iflos havodan nafas oladi, bu esa milliondan yetti holatda bemavrid o‘limga sabab bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinda yuqumsiz kasalliklar turibdi — diabet, saraton va yurak faoliyatidagi buzilishlar yiliga 41 million insonni hayotiga nuqta qo‘ymoqda.

Gripp global pandemiyasiga xavflar ro‘yxatida uchinchi o‘rin berilgan: mutaxassislar keng ko‘lamli epidemiya istalgan vaqtda tarqalishi mumkinligini istisno etmaydilar.

Hayot uchun og‘ir va xavfli shart-sharoitlar to‘rtinchi o‘rinda turadi: bu inqirozlar, ur1,6 milliard kishini xatarga qo‘yadigan boshqa holatlardir.

Beshinchi o‘rinda bakteriyalarning antibiotiklarga bardoshliligidir - bu sil va boshqa xavfli kasalliklarning ildizini quritishga imkon qoldirmayapti. Reytingning oltinchi pog‘onasini Ebola bezgagi egallagan: 2018-yilda Kongo davlatida shu bezgak avj olishi holati kuzatilgan. Kasallik million kishidan ziyod aholiga ega shaharlarda keng tarqalib ketgan. Reytingning keyingi pog‘onasidagi xavf tariqasida birlamchi tibbiy xizmat tizimining oqsashi ko‘rsatilgan. Bu aksariyat qashshoq davlatlarga xos.

Otdixayushie v parke iskusstv Muzeon v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Anomal jazirama! 2019-yilda qanday ob-havo kuzatiladi - olimlar prognozlari

Muammolar ro‘yxatining sakkizinchi o‘rnida odamlarning immunizatsiyaga salbiy munosabati turadi.

Ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, emlashdan voz kechish, "kasalliklar bilan qarshi kurashda erishilgan taraqqiyotni chappa burishga" qodir. Ayni vaqtda vaksinatsiya yiliga 2-3 million o‘limning oldini olmoqda, biroq garchi odamlar ushbu masalaga ongliroq yondashganlarida edi bu ko‘rsatkichni yana 1,5 millionga oshirish imkoni bo‘lardi. BSST so‘nggi vaqtlarda qizamiq kasalligi bilan og‘rish holatlari 30%ga oshganini eslatib o‘tmoqda. Sal oldin bu kasallikni yenggan davlatlarda ham qizamiq yana paydo bo‘lganligi aytilmoqda. Kasallik aynan emlashdan voz kechish holatlari tufayli yana qaytgan.

Eng global xavflar reytingini Denge bezgagi (yiliga 390 million kishi ushbu kasallikni yuqtirmoqda) va yiliga deyarli million kishi hayotini olib ketayotgan OI kasalligi yakunlagan.

Yangiliklar lentasi
0