BMT eksperti: O‘zbekistonda ikki millionga yaqin kishi to‘yib ovqat yemaydi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishObed v stolovoy
Obed v stolovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Markaziy osiyodagi vaziyat bo‘yicha bayonot e’lon qildi. Mintaqa uchun eng asosiy tahdidlar sifatida noto‘g‘ri ovqatlanish, yer qatlamining yemirilishi, suv resurslari yemirilishi va qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘llanilayotgan eskicha uslublar sanab o‘tilgan

TOShKENT, 18 apr — Sputnik, Anton Kurilkin. Ikki millionga yaqin o‘zbekistonliklar to‘yib ovqatlanmaydi yemaydi, A vitamini tanqisligi esa bolalarning 53%ida, katta yoshdagilarning 38%ida kuzatiladi, deyiladi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bayonotida. Markaziy Osiyodagi oziq-ovqat tanqisligi muammosi borasida Sputnik O‘zbekiston muxbiri maqolasini e’tiboringizga havola etamiz.

Ochlik ortda

Markaziy Osiyoda bir necha millionlab kishi to‘yib ovqatlanmaydi yoki noto‘g‘ri ovqatlanishadi. Vaziyat ayniqsa Tojikistonda yomon — aholining taxminan uchdan bir qismi (2,6 million kishi) to‘yib ovqatlanmaydi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda esa bu ko‘rsatkich — 1,9 million, 400 ming va 300 mingni tashkil etadi.

Fuqarolarning to‘yib ovqatlanmasligi ushbu davlatlar gardaniga uchun og‘ir yuk bo‘lib tushmoqda — odamlar ko‘p kasal bo‘lishadi, yomon va kam ishlashadi, demak-ki kamroq pul topadilar.

Misol uchun, Tojikistonda yoshi besh yoshgacha bo‘lgan taxminan 300 mingga yaqin bolalarda bo‘y o‘sishi to‘xtashi holati kuzatilar ekan — kelajakda bu bolalarda vaziyatni o‘nglash imkoni bo‘lmaydi.

Yana bir boshqa masala — semizlik masalasi. O‘zbekistonda ushbu kasallikdan aholining 14,4%i aziyat chekadi. BMT ekspertlari fikriga ko‘ra, ko‘proq pul topa boshlagan va oqibatda yegulikka ko‘p pul sarflab, jismoniy faollikni kamaytiradigan odamlar bu kasalikka chalinishga moyil ekan.

Boshqa tomondan, axoliningsifatli va salomatlik uchun foydali mahsulotlar xaridida tejaydigan kambag‘al qatlami ham ortiqcha vazndan aziyat chekar ekan. 

Markaziy Osiyo aholisi, shuningdek, taomlarda vitamin va mineral moddalar yetishmovchiligini boshdan kechirishadi — hattoki sharoiti nisbatan yaxshi Qozog‘istondagi aksariyat bolalarda xuddi kattalarda singari A vitamini tanqisligi kuzatiladi. O‘zbekistonda ushbu vitamin tanqisligi katta yoshdagi aholining 38,4%ida qayd etilgan. Avitaminoz (a vitaminining yetishmovchiligi) ko‘z obolochkasining asta-sekin buzilishiga va ko‘rish qobiliyatida jiddiy yomonlashuvlarga olib keladi.

Ammo BMT ekspertlari xulosalariga ko‘ra, oziq-ovqat sohasida rivojlanish so‘nggi o‘n yillarda yaxshi tomonga o‘zgargan. Xususan, 2005-2007 yillarda o‘zbekistonliklarning 12,4 foizi to‘yib ovqatlanmagan bo‘lsa, ayni vaqtda ushbu ko‘rsatkich faqatgina 6,3 %ni tashkil etadi.

Kelajakdagi xavfli omillar

Ochlikka va to‘yib ovqat yemaslikka umuman olganda kelajakda mintaqada vaziyat ijtimoiy va tabiat iqlimi o‘zgarishi tufayli sezilarli yomonlashishi mumkin.

18-letnyaya patsiyentka bolnisi v Yemene, stradayushaya ot istosheniya - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam to‘yib ovqatlanmaslikdan azob chekmoqda

Markaziy osiyo mamlakatlari axolisi soni o‘sishi yuz yillikning o‘rtasigacha davom etadi, odamlarning ommaviy shaharlarga ko‘chib o‘tishlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ishlab chiqarishni ko‘paytirishni talab etadi. Bu yerda ekin maydonlari va yaylovlar sonini kengaytirish bilan muammoni yechishning imkoni bo‘lmaydi — butun boshli qishloq xo‘jaligi tuzilmalarini qaytadan qurish talab etiladi.

Bugungi kundayoq Turkmanistonda suv zaxiralarining 94% dan foydalanilmoqda, gidroresurslar tanqisligidan hammadan ko‘ra ko‘proq aziyat chekadigan O‘zbekistonda esa suvdan foydalanish hajmlari 90%ga yaqinlashib qolgan.

Ikki yildan so‘ng mintaqadagi barcha mamlakatlar yuqori yoki o‘ta yuqori darajadagi "suv stressi"ni boshdan kechiradilar — bunda ehtiyojni qondirish uchun talab etiladigan darajadagi sifatdagi suv  tanqisligiga duchor bo‘ladilar. Asr o‘rtalariga kelib nimalar ro‘y berishini prognoz qilish qiyin, biroq ekologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, global isish Markaziy Osiyodagi darolar sathi 40%ga tushishiga olib keladi.

Ochlikdan — semizlikka: FAO Markaziy Osiyoda oziq-ovqatlar bilan bog‘liq muammolarni qayd etib o‘tdi

Mintaqada yerlar degradatsiyani boshdan kechirib, ekin ekishga va jonivorlarni boqishga yaroqsiz holatga kelmoqda. Ayni vaqtda Qozog‘iston va O‘zbekistonning 20%dan ortiq aholisi aynan shunday hududlarda istiqomat qilishadi.

To‘qqiz yil, 2000-yildan 2009-yilgacha bo‘lgan oraliqda mintaqa mamlakatlari tuproqning buzilishi tufayli 5,85 milliard dollar yo‘qotishgan. Hammadan ko‘ra Qozog‘iston ko‘proq jabr ko‘rgan — mamlakat iqtisodida 3,06 milliard kamomad aniqlangan.

Ovoshi na Mejdunarodnoy vistavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda meva va sabzavotlar eksportini nazorat qiluvchi laboratoriyalar ochiladi

O‘zbekiston 830 ming dollar ziyon ko‘rgan bo‘lsa, Tojikiston mintaqada hammadan ko‘ra kamroq yo‘qotishni boshdan kechirgan — yarim milliard dollar.

Shuningdek, iqtisodiy va ekologik zarar yetkazuvchi tabiiy ofatlar haqida ham unutmaslik lozim. So‘nggi 27-yil ichida Markaziy osiyoda 123 ta tabiiy talafotlar yuz bergan, oqibatda 10,4 million inson jabrlangan. Iqtisodiy zararlar 2,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Suv resurslari defitsiti, tuproq buzilishi va tez-tez takrorlanadigan tabiiy ofatlar bilan birgalikda aholi sonining ortib borishi, ekspertlar fikriga ko‘ra, mintaqada qishloq xo‘jaligi sohasida ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda. Yo‘qotishlar hajmini qisqartirish va oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash va kelajak avlod uchun munosib hayot darajasini ta’minlab berish uchun uchun agrosanoat sektorini qayta qurishni boshlash lozim.

Yangiliklar lentasi
0