Yo‘lovchi 3 kiloga yaqin zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga urindi

© Press-slujba Gosudarstvennogo tamojennogo komiteta UzbekistanaPassajirka samoleta pitalas provezti pochti tri kilogramma ukrasheniy
Passajirka samoleta pitalas provezti pochti tri kilogramma ukrasheniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxona xodimlari “Qobul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan fuqarodan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan zargarlik buyumlari borligi aniqlashdi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxona xodimlari “Qobul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan fuqarodan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan zargarlik buyumlari borligi aniqlashdi. Bu haqda O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Mobilnie telefoni izyatie tamojennoy slujboy Uzbekistana vo vremya proverki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda katta miqdorda kontrabanda mobil telefonlari ushlandi

Xabarda aytilishicha, “Qobul-Toshkent” reysi uchib kelgan fuqaro “qizil” yo‘lak orqali harakatlanayotgan paytda bojxonachilar uni belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazadi.

“...bahosi 10 million so‘mdan oshiq bo‘lgan jami 2928 gramm oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0