Toshkent va Tehron to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi

© Sputnik / StringerFlag Irana
Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur uchrashuvda 2018-yildagi O‘zbekiston – Eron muloqoti sarhisob qilindi va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Vid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

Mazkur uchrashuvda 2018-yildagi O‘zbekiston – Eron muloqoti sarhisob qilindi hamda boshlangan yilda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr  almashildi.

“Toshkent va Tehron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish, o‘zaro yetkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, shuningdek investitsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, suhbat davomida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini Tehron shahrida o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0