O‘zbekiston va Eron Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishVid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane
Vid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron elchisi bilan uchrashuvda 2019-yildagi qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashdi, deb xabar berdi TIV matbuot-xizmati.

Ta’kidlanishicha, suhbatda O‘zbekiston – Eron kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

2018-yilda ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy o‘sish mamnuniyat bilan qayd etilgan va 2019-yildagi qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi tinchlik jarayoniga ko‘maklashish doirasida hamkorlik masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Ushbu mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda, jumladan mintaqaviy ahamiyatga ega temir yo‘l magistralini qurishda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0