Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentliklari tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta RUzVizit Shavkata Mirziyoyeva v Bekabad
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Bekabad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Xalq qabulxonasiga bir yilda bir yarim million murojaat tushganini, ularning 1 milliondan ortig‘i ijobiy hal etilganini qayd etdi

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentliklari faoliyat ko‘rsatadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bildirdi.

Davlat rahbari Xalq qabulxonasiga bir yilda bir yarim million murojaat tushganini, ularning 1 milliondan ortig‘i ijobiy hal etilganini qayd etdi.

"Fuqarolarimizning og‘irini yengil qilish, kundalik muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma tashkil etmoqchimiz", – dedi Mirziyoyev.

Bu tuzilmaga Tezkor davlat xizmatlari agentligi deb nom bersak, ayni muddao bo‘lardi. Chunki, u tezkor ravishda, markazlashtirilgan holda xizmat ko‘rsatadigan idora bo‘ladi, deb ta’kidladi prezident.

Yangiliklar lentasi
0