O‘zbekistonda yanada ko‘proq o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo rastitelnogo masla
Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Polya gotovie k kapelnomu orosheniyu - Sputnik O‘zbekiston
Paxta, tomchilatib sug‘orish va subsidiya: prezident yangi qarori

Qaror bilan Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.

“O‘zog‘moysanoat” uyushmasining asosiy vazifasi yog‘-moy xom ashyolarini qayta ishlash va yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.

2022 yil 1-yanvargacha uyushma mol-mulk solig‘i va foyda solig‘idan ozod etildi.

O‘zog‘moysanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar 2021-yil 1-yanvargacha:

- o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish maqsadida import qilinadigan soya dukkagi, kungaboqar va boshqa moyli o‘simliklar urug‘lari bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan;

- qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Yog‘-moy sanoati korxonalariga 2022-yil 1-yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral mahsulotlar va katalizatorlar importida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 90 kunga kechiktirish imkoniyati berildi.

Qaror bilan hukumatga quyidagi vazifalar yuklandi:

Urojay xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2019-yilda qancha maydonga paxta ekilishi ma’lum bo‘ldi

- Yog‘-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

- 2019-2020 yillarda 150 million AQSh dollari miqdoridagi 37 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

- mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha yetkazish;

- 2021-yilgacha yog‘-moy xom ashyolari jamg‘arish miqdorini 100 ming tonnagacha yetkazish;

-2021 yilgacha o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagacha yetkazish.

Shuningdek, yog‘-moy sanoati tarmog‘i kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy markaz tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0