O‘zbekistonda 2019-yilda qancha maydonga paxta ekilishi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Hokimliklar va tegishli mas’ul tashkilotlarga 2019-yilda paxtadan qisqartirilgan yer maydonlariga paxtani qayta joylashtirmaslik bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. 2019-yilda g‘o‘zani navlari bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

 Qaror ko‘ra 2019-yilda 1 mln. gektardan oshiq yer maydoniga paxta ekish rejalashtirilgan.

Hokimliklar va tegishli mas’ul tashkilotlarga 2019-yilda paxtadan qisqartirilgan yer maydonlariga paxtani qayta joylashtirmaslik bo‘yicha nazoratni kuchaytirish topshirildi.

2019 yil hosilidan yetishtiriladigan o‘rta tolali g‘o‘zaning 2-sanoat navi 1-klass paxta xomashosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxi 4 000 000 so‘m etib belgilandi.

Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan paxta yog‘i uchun aksiz solig‘i undirilmaydi

Andijon viloyatida 2019-yilda paxta hosili uchun 50 ming gektar maydonda plonka ostiga chigit ekiladi.

2019 yil paxta hosili uchun ekishga mo‘ljallangan urug‘lik chigit “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati yoki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotlari tizimi doirasida realizatsiya qilinganda yoki fermer xo‘jaliklariga sotilganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.  

Paxta - to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ekilishi belgilangan g‘o‘za navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi berildi.

Yangiliklar lentasi
0