Mirziyoyev Hindistonga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyov otbil v Indiyu
Shavkat Mirziyov otbil v Indiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Ahmadobod shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

V Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Sentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Markaziy Osiyoga yaqinlashmoqda: bu geosiyosiy ambitsiyami yoki do‘stlik qo‘li?

O‘zbekiston yetakchisini "Ahmadobod" xalqaro aeroportida Gujarat shahri gubernatori, Hindiston qishloq xo‘jaligi vaziri va boshqa rasmiy shaxslari kutib oldi.  

Shavkat Mirziyoyev 18-yanvar kuni Gandinagar shahriga tashrif buyurib, "Dinamik Gujarat" sammitida ishtirok etadi hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, "Yorqin Gujarat" xalqaro sammiti 9-bor 18-20 yanvar kunlari Hindistonning Gujarat shtatida o‘tkaziladi. Gujarat - Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlangan regionlaridan biridir. U hindiston milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investitsiya sohasida jozibador regioni hisoblanadi.

Hindistonda Mirziyoyev tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida ta’kidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan "The Hindu" gazetasida "O‘zbekiston Prezidenti sammitning bosh mehmoni bo‘ladi" nomli tahliliy maqola chop etildi.

Yangiliklar lentasi
0