Yaponiya O‘zbekistondan mehnat migrantlarini kutmoqda

Obuna bo‘lish
Yaqin besh yilda Yaponiya 350 ming horijiy ishchilarni qabul qilishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Yaponiya immigratsiyaga oid yangi qonunchilik doirasida O‘zbekistonni ishchi kuchlari eksport mamlakatlari ro‘yxatiga kiritishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Setevoe oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonga internetni rivojlashtirish uchun kredit taqdim etdi

Bu haqda Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Takumi Nemoto O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev uchrashuvda ma’lum qildi.

M.Shigefumi o‘zbek delegatsiyasiga Yaponiyaning yaqin besh yil ichida 350 ming nafar xorijiy ishchini qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot berdi va ishga joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb etishga qiziqish bildirayotganini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida stajorlarni texnik tayyorlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0