TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Numbeo sayti, o‘z foydalanuvchilari tomonidan jamlangan ma’lumotlar asosida, dunyoning yashash uchun eng qulay bo‘lgan 227 ta shaharlar reytingini e’lon qildi.
Reyting hisoblashda aholi daromadi miqdori va uy-joy, oziq-ovqat narxlari, jinoyatchilik, iqlim sharoitlari va ekologiya muammolari indekslari hisobga olingan.
Olma-Ota shahri ushbu reytingning 209 qatoridan joy olgan. Qozog‘iston “janubiy poytaxti” ushbu reytingga kiritilgan Markaziy Osiyoning yagona shahri bo‘ldi.
Reytingda, shuningdek, Munxen – 26, Xelsinki – 29, Valensiya – 50, Amsterdan -61, Dubay – 65, Tokio -69, Doxa – 79, Berlin – 87, Praga – 96, Singapur – 105, Tel-Aviv -108, Ar-Riyod 116, Seul -124 o‘rinlarni egallagan.
Rossiya shaharlari orasida – Nijniy Novgorod – 125, Sankt-Peterburg – 184, Moskva – 192, Yekaterinburg – 201, Novosibirsk -210 o‘rinlarda joylashgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Numbeo saytida jamlangan ma’lumotlar 411 146 nafar foydalanuvchilar tomonidan dunyoning 8778ta shaharlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan.