TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Markaziy Osiyodagi eng saxiy kishilar O‘zbekistonda istiqomat qiladilar, eng ziqnalari esa — Qozog‘istonda. World Giving Index 2017 tomonidan e’lon qilingan yangi reytingda xuddi shunday ma’lumotlar keltirilgan.
O‘zbekiston dunyo miqyosida tuzilgan reytingning 38 pog‘onasidan o‘rin olgan, qo‘shni Tojikiston esa quyiroqda 50 pog‘onada joylashtirilgan. Rasmiy Dushanbeda xayriya tadbirlari bilan aholining 36%gina shug‘ullanar ekan.
Aholisining 33%i xayriya ishlariga jalb etilgan Turkmanistonga reytingning 69-pog‘onasi ajratilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 85-o‘rinni egallagan va reytingni Qozog‘iston (87o‘rin) bilan yakunlagan.
Reyting mualliflarining ta’kidiga ko‘ra, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi aholisi ko‘rsatkichi bir xil — 30%dan.
World Giving Index reytingining birinchiligini mana to‘rt yildirki Myanma qo‘ldan boy bermay kelmoqda. Tadqiqotchilar ma’umtlariga ko‘ra, mamlakat aholisining 91%i xayriya ishlari bilan shug‘ullanar ekan.
Bayonotda keltirilishicha, Myanmada pullar asosan ruhoniylarga xayriya qilinadi: pullar hajmi unchalik ko‘p bo‘lmasada, aholi muntazam ravishda xayr qilib turar ekan.
Reytingning ikkinchi o‘rnini — Indoneziya, uchinchi pog‘onasini esa — Keniya egallagan.