O‘zbekiston Rossiyadan Toshkent metropoliteni uchun sostav vagonlarini xarid qiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishZavod "Metrovagonmash"
Zavod Metrovagonmash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshkent shahrida yer ustki aylanma metropoliteni qurilishi” loyihasini 2021-yilga bitkazish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Metrovagonmash” AJ (Rossiya) qiymati 27,7 million yevro bo‘lgan 5 ta sostav vagonlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Stansiya metro Chkalovskaya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIB xodimlari metro bekatlariga kirish joyida navbatchilik qilmaydi

Bu haqda “Toshkent metropolitenining yer ustki liniyasi uchun harakatdagi sostav vagonlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qaror loyihasida aytilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Metrovagonmash” AJ bilan o‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida to‘rt vagonli tarkibdagi ikkita motorli bosh vagonlari bilan, bitta oraliq matorli va bitta oraliq motorsiz vagonlardan iborat beshta sostav xarid qilish to‘g‘risidagi Memorandum ahdlashuviga erishildi”, - deyilgan hujjatda.

 Loyihani moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilash rejalashtirilmoqda:

- investitsiyalash davrida moliyaviy xarajatlar to‘loviga yo‘naltiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Yunusabadskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qurilayotgan metro stansiyalari bo‘yicha topshiriqlar berdi

- O‘zbekiston Respublikasi rekonstruksiya va rivojlantirish Jamg‘armasining AQSh dollarida ekvivalent bo‘yicha 5 535,0 ming yevro miqdorida beriladigan krediti, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 10-yil muddatli, shu jumladan 3-yil imtiyozli davrga tuzilgan import kontraktining 20 foizi to‘loviga yo‘naltiriladigan, foiz stavkasi 6 oylik LIBOR ni, 1,5 foiz yillik ustamani, shu jumladan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,5 foizlik marjasini o‘z ichiga olgan kredit.

- “Bank razvitiya i vneshneekonomicheskoy deyatelnosti” (Rossiya) davlat korporatsiyasining 22 140,0 ming yevro miqdordagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan 10-yil muddatli, shu jumladan 3-yil imtiyozli davrga tuzilgan import kontraktining 80 foizi to‘loviga yo‘naltiriladigan, foiz stavkasi 2,5 foiz yillik ustamani, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,5 foizlik marjasini o‘z ichiga olgan kredit.

Yangiliklar lentasi
0