Jamiyat

Prezident qurilayotgan metro stantsiyalari boʻyicha topshiriqlar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Yunusabadskoy linii Tashkentskogo metropolitena
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelstva Yunusabadskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirgi kunda bu yerda Turkiston va Yunusobod stantsiyalari hamda ular oraligʻida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni Yunusobod tumanida metropoliten qurilish ishlarining borishini koʻzdan kechirdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent hamma sohalarda namuna boʻlishi kerak - Shavkat Mirziyoyev

Hozirgi kunda Turkiston va Yunusobod stantsiyalari hamda ular oraligʻida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda. 

Ushbu tunnelni yopiq usulda qazish uchun Germaniyadan “Xerrenktnext” kompaniyasining mexanizatsiyalashgan majmuasi keltirilgan.

Bu ulkan texnika may-sentyabr oylari davomida yigʻilgan. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib keldi. Koʻprik qurilish tresti tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovchi tyubinglar ishlab chiqarish tsexi ishga tushirildi.  

Hozirgi kunda tunnel qazish ishlari boshlab yuborilgan. 

Prezident ushbu texnik majmuani koʻzdan kechirdi. Mutasaddilarga metro stantsiyalarining tashqi koʻrinishi va infratuzilmasi boʻyicha tavsiyalar berdi. 

Transport kommunikatsiyalarini qurishda shaharning kelgusi rivojini hisobga olish, hamma uchun qulay boʻlishini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0