TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbariyati tasdiqlandi.
Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.
Xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “xufona” iqtisodiyotni qisqartirish vazirlikning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Botir Xo‘jayev Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ozod etildi va yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib ko‘rsatayotgan Ravshan G‘ulomov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Sohib Ismoilovich Saifnazarov Iqtisodiyot vazirligi o‘rnida qayta tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, Umidjon Salimov Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Salimov shu kungacha “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirayotgandi.