Bankomatlar orqali naqd pul yechib olish hajmi 50 baravar oshdi

© uz24.uzNa rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix
Na rinkax Tashkenta zarabotali bankomati dlya vidachi nalichnix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida bank kartalaridan naqd pul yechib olish hajmi 4 baravar, shundan aynan bankomatlar orqali yechib olish 50 baravar oshgan.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. O‘tgan 2018-yilda bank kartalaridan yechib olinayotgan naqd pul hajmi 4 baravar oshdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank tijorat banklar tomonidan qonun buzilishining oldini oldi

Markaziy bank hisobotida keltirilishiga ko‘ra, 2018-yilda bank kartalaridan yechilgan jami pullar hajmi 2017-yilga nisbatan 4 barobarga oshib, 12,29 trln. so‘mni tashkil etgan.

Aynan bankomatlar orqali yechib olingan pullar hajmida to‘xtaladigan bo‘lsak, 2017-yilda faqat 98 milliard so‘m bankomatlar orqali yechib olingan edi. 2018-yilda esa bankomatlar orqali – 4,9 trillion so‘m olingan. Bu 50 baravar ko‘p degani.

Aytish joizki o‘tgan yil davomida respublikada plastik kartalar orqali hisob-kitob qilish va bankomatlar o‘rnatish jarayoni jadal olib borildi.

© Markaziy Bank2018 yilda bank kartalaridan yechilgan pullar
Bankomatlar orqali naqd pul yechib olish hajmi 50 baravar oshdi - Sputnik O‘zbekiston
2018 yilda bank kartalaridan yechilgan pullar

MB hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda muomalada bo‘lgan plastik kartalar soni bo‘yicha quyidagi banklar yetakchilik qilmoqda: Xalq banki -3,4 mln, “Agrobank”– 2,4 mln, Milliy bank – 2 mln, Asaka bank – 1,8 mln va Ipoteka bank – 1,4 mln dona.

Bankomat va infokiosklar soni bo‘yicha yetakchi banklar esa quyidagilar: Kapital bank – 2650 ta, Agrobank – 617 ta, Hamkorbank – 605ta, InvestFinans bank – 521ta va  Milliy bank – 439ta.

Yangiliklar lentasi
0