Markaziy bank tijorat banklar tomonidan qonun buzilishining oldini oldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank tijorat banklariga mijozlar huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan ko‘rsatma tarqatdi.

TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki Respublikadagi tijorat banklari hamda ularning mijozlari orasida tuzilgan shartnomalarni o‘rganib chiqib, u yerda bir qator huquqbuzarliklar mavjudligini aniqladi, deb xabar qilmolqda MB matbuot xizmati.

Xususan, banklar va mijozlar orasida tuzilgan shartnomalarda ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini, shuningdek bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlar kiritilganligi holatlari aniqlangan.

"Markaziy bank ushbu holatlarni - iste’molchilarining huquqlarini buzilishi deb hisoblaydi va barcha tijorat banklariga maxsus xat orqali ushbu qonunbuzarlikning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatmalar tarqatildi", - deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga MB O‘zbekiston fuqarolari va tadbirkorlik subyektlariga murojaat qilib, yuqorida keltirilgan qonunbuzarlik holatlariga duch kelganda, bevosita tijorat banki yoki Markaziy bankining Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilish mumkinligini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0