“Mozori Sharif – Qobul – Peshavar” temir yo‘li necha pulga tushadi

© Foto, Iz lichnogo arxiva A.KnyazevaPogranichniy "Most Drujbi" Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe
Pogranichniy Most Drujbi Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘li qurillishi qiymati 5 milliard dollarga baholanmoqda.  

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Afg‘oniston bilan Pokistonni bog‘lab turuvchi temir yo‘l qurilishi qiymati 5 milliard dollarga baholandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Ushbu loyiha qurilishi qiymati taxminan 5 milliard dollarni tashkil qiladi. Bu dastlabki hisob-kitob bo‘yicha, unga hali aniqlik kiritilishi mumkin”, - dedi O‘zbekiston delegatsiyasi vakili Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” vazirlar anjumanida.

Habarda aytilishiga ko‘ra, “Mozori Sharif – Qobul – Peshavar” temir yo‘li uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Temiryo‘l tarkibida 18 kilometr ko‘priklar, umumiy uzunligi 70 kilometr bo‘lgan 7ta tunnel ham bo‘ladi. Yangi temiryo‘ldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin bo‘ladi.

Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston temir yo‘l qurilishini muhokama qiladi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" xabariga ushbu temir yo‘l bo‘ylab yuqori voltli elektr uzatish liniyasi ham qurilishi rejalashtirilgan. Xususan, yangi liniya “Surxon — Puli-Xumri — Doshi — Surabay — Djlelalabad — Peshavar” yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi va temiryo‘lni elektrlashtirish imkonini beradi.

Asosiysi, kelajakda “Mozori-Sharif — Qobul — Peshavar” temiryo‘li Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Yevropagacha bo‘lgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda “Mozori-Sharif — Qobul — Peshavar” temiryo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh hamda moliyaviy konsorsium tashkil qilish havqida kelishib olingan edi.

Undan tashqari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi davomida “Mozori Sharif – Shibergan – Maymana – Hirot” yo‘nalishida, uzunligi 760 kilometr bo‘lgan yana bir temiryo‘l qurilishi haqida kelishib olingan edi. Bu yo‘nalish esa O‘zbekiston yuklarini to‘g‘ri Eron portlariga olib chiqishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0