TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Hukumat qarori bilan Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Bu haqda Adliya vazirliginining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1-yanvargacha Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi yaratiladi.
Mazkur tizimda madaniyat va san’at sohasidagi, shu jumladan kinoteatrlar, teatrlar, tadbirlarning biletlari elektron sotiladi.
Qarorda elektron bilet sotish uchun yuridik shaxslarning tizimga ulanish sxemasi berilgan.