Karim Mirhodiyev "Yevraziya" kinofestivalida eng yaxshi aktor deb topildi

© Sentr razvitiya kinematografii Uzbekskiy akter Karim Mirxadiyev priznan luchshim na kinofestivale "Yevraziya"
Uzbekskiy akter Karim Mirxadiyev priznan luchshim na kinofestivale Yevraziya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi festivalga O‘zbekistondan yirik delegatsiya tashrif buyurdi.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik aktor Karim Mirhodiyev Ostonada bo‘lib o‘tgan XIV "Yevraziya" xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida g‘olib deb topildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu yilgi festivalga O‘zbekistondan Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yosh kinematograflar kengashi vakillari, rejissorlar Rashid Malikov va Jahongir Qosimov, aktorlar Karim Mirhodiyev, Alisher Uzoqov, Akbar Rasulov, Shahzoda Matchonovalardan iborat yirik delegatsiya tashrif buyurdi.

Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
Kann kinofestivalida ilk bor O‘zbekiston Milliy paviloni ochildi

Kinofestivalning asosiy tanlovida ishtirok etgan 12 film orasida Rashid Malikovning “Sabot” filmi bosh mukofot uchun kurashdi. Filmda bosh qahramon rolini ijro etgan Karim Mirhodiyev “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Bundan tashqari, Abduazim Ilhomjonov va Botir Abdurahmonovlarning “Ona” qisqa metrajli filmi va Jahongir Qosimovning “Karvon” badiiy lavhasi festivalning turli yo‘nalishlarida ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0