O‘zbekiston "Yorqin Gujarat" forumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Indiyu
Shavkat Mirziyoyev pribil v Indiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga borishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. 2019-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Hindiston elchisi Vinod Kumar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prilet prezidenta Respubliki Uzbekistan Sh. Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 2019-yil boshida qaysi davlatlarda bo‘ladi?

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasining Hindiston bo‘lib o‘tadigan "Dinamik Gujarat" 9-Xalqaro investitsiya sammitida ishtirokiga va oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqilgan.

Suhbat davomida Gujarat sammiti doirasida rejalashtirilgan tadbirlarning jadvali va kun tartibi hamda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtiroki bilan bog‘liq tashkiliy-protokol xarakterdagi masalalar muhokama qilingan. Tibbiyot, farmatsevtika va ta’lim sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishning zarurligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Yorqin Gujarat" xalqaro sammiti 9-bor 18-20 yanvar kunlari Hindistonning Gujarat shtatida o‘tkaziladi.

Gujarat - Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan rivojlangan regionlaridan biridir. U hindiston milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investitsiya sohasida jozibador regioni hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0