Shavkat Mirziyoyev 2019-yil boshida qaysi davlatlarda bo‘ladi?

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPrilet prezidenta Respubliki Uzbekistan Sh. Mirziyoyeva
Prilet prezidenta Respubliki Uzbekistan Sh. Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelayotgan haftada O‘zbekiston yetakchisi Hindistonga borishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. XPK dasturida moderator Sherzod Qudratxodjayev tomonidan berilgan "O‘zbekiston prezidenti 2019-yilda qaysi davlatlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan?" degan savolga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov javob berdi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Sakkiz nafar chet el rahbarlari 2018-yilda O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldilar

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga safar qiladi.

O‘zbekiston prezidenti Hindistoning Gudjarat shtatida 18-20 yanvar kunlari o‘tkaziladigan sammitda ishtirok etadi. Sammit doirasida farmatsevtika va yengil sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining tez orada Germaniyaga tashrifi ham kun tartibidan o‘rin olgan.

"Germaniya Yevropa ittifoqi lokomotivi. Mustaqillikka erishga, oradan ikki yil o‘tib Germaniyaning Bonn shahrida O‘zbekiston elchixonasini ochganmiz. Ana shundan beri aloqalarimiz barqaror rivojlanib kelayapti. Germaniyaga safar davomida asosiy e’tibor O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratiladi - Munxenda katta biznes forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘zbekistondan tadbirkorlar ham ishtirok etadi. Xullas, kutish juda katta. Germaniyaga bo‘layotgan tashrif natijasi, meni fikrimcha juda unumli bo‘ladi", - deya ishonch bildirdi Ne’matov.

Yangiliklar lentasi
0