Turkmaniston prezidenti yangi she’rini toychoqqa bag‘ishladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishJerebenok
Jerebenok  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Berdimuhamedov Xalqaro Axaltekin ot majmuasiga tashrif buyuradi va o‘zining ish kabinetida adabiyot ijodiga vaqt ajratadi.

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov "Rovach" (Ravnaq topayotgan) nomli she’r ijod qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Neytral Turkmaniston" nashriga tayanib.

2019 yil 1-yanvarda tug‘ilgan qulun Turkmaniston yetakchisiga ilhom baxsh etgan.

Prezident Turkmenistana prinyal uchastie v torjestve, posvashonnom nastupayushemu Novomu godu - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti uch tilda qo‘shiq kuyladi

She’r Turkmaniston IIV hay’atining Berdimuhamedovga sovg‘a qilgan saman quluniga bag‘ishlangan. Qayd etish joizki, davlat rahbari toychoqni bejiz "Rovach" (Ravnaq topayotgan) deb nomlamagan. Turkmanistonda 2019-yil "Turkmaniston – ravnaq topayotgan Vatan" yili, deb e’lon qilingan.

Ertasi kuni Berdimuhamedov Xalqaro Axaltekin ot majmuasiga tashrif buyurib, o‘z ish kabinetida ijodga vaqt ajratgan, natijada, ilhomlanib, ushbu she’rni ijod qiladi.

Avvalroq Turkmaniston prezidenti ingliz, nemis va turkman tillarida qo‘shiq kuylagani xaqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0