Turkmaniston prezidenti uch tilda qo‘shiq kuyladi

© Gosudarstvennoe informatsionnoe agentstvo TurkmenistanaPrezident Turkmenistana prinyal uchastie v torjestve, posvashonnom nastupayushemu Novomu godu
Prezident Turkmenistana prinyal uchastie v torjestve, posvashonnom nastupayushemu Novomu godu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti qo‘shiqni ingliz, nemis va turkman tillarida ijro etdi.

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi yil oldidan uyushtirilgan banketda o‘zi tomonidan yozilgan qo‘shiqni ijro etdi, deb xabar qildi Turkmaniston davlat axborot agentligi.

Furi na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston Tojikistonga kelayotgan yuk mashinalarini o‘tkazmayapti

Xabarda aytilishicha, bayram tadbiri “Mizan” markazida o‘tkazildi.

Tadbirda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasining raisi o‘rinbosarlari, Majlis rahbarlari, harbiy va huquq tartibot organ xodimlari, vazirlik, idoralari va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari, Turmanistondagi diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda madaniyat, san’at ustalari ishtirok etishdi.   

Turkmaniston prezidenti qo‘shiqni ingliz, nemis va turkman tillarida ijro etdi, shuningdek, royalda musiqasini chaldi.

Yangi qo‘shiqning nomi “Arzuw”, qo‘shiqning so‘zlari prezident Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan yozilgan.

Yangiliklar lentasi
0