Podmoskovyeda O‘zbekiston fuqarosi yuk mashinasida 20 metrlik o‘raga quladi

© Sputnik / Pavel LisisinMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avariyada ikki inson qurbon bo‘lgan

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Podmoskovyening "Skolkovo" innovatsion markazi hududida KamAZ avtomobili qazib qo‘yilgan chuqurligi 20 metrlik o‘raga quladi.

Saxarovo qishlog‘idagi Migratsiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: migrantlarga 10 ming rublga majburiy sug‘urta sotish – bu ulardan surbetlarcha foydalanishdir

Moskva OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi katta tezlikda temir to‘siqqa kelib urilgan va chuqurga qulagan.

Ikki kishi: yuk mashinasini boshqargan 38 yashar O‘zbekiston fuqarosi va bir yo‘lovchi avariya qurboni bo‘lganliklari xabar qilinmoqda.

Rossiyada migrantlarning baxtsix hdisalarga uchrashlari haqidagi xabarlar matbuotda e’lon qilib boriladi.

Xususan o‘tgan yil aprel oyida Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida o‘zbekistonlik mehnat migranti tepalikdan tushib ketgan edi.

29 yashar o‘zbekistonlik qurilayotgan uy oldidan topib olingan. Unda ochiq bosh miya jarohati, ko‘krak qafasi va qorin jarohatlari, ichki organlar shikastlanishi, tos suyagining yopiq jarohati va chap son suyagining sinishi jarohatlari borligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0