TOShKENT, 16 mar — Sputnik, Mariya Sheludakova. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiyaga kelayotgan barcha chet elliklarga majburiy tibbiyot sug‘urta polisi olishni taklif qilmoqda. Hozir ushbu qonun loyihasi muhokama qilinmoqda, kuchga kirgan taqdirda, u o‘n milliondan ortiq chet el fuqarolarining hayotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi taklif qilgan tibbiy sug‘urta qoplaydigan mablag‘i 2 mln rubldan ortiq bo‘lib, tez yordam xizmati ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Cug‘urta kompaniyalari fikricha ushbu polis narxi 10 ming rubldan qimmat bo‘ladi.
Rossiya qonunchiligiga binoan, Rossiyada ishlayotgan migrantlar hozir ham tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi kerak, lekin uning qiymati va muddati aniq belgilanmagan. Patent asosida ishlayotgan MDH fuqarolari tibbiy sug‘urtaga o‘rtacha narxi 5,5 ming rublni tashkil qiladi.
"Dobrososedstvo" xalqaro aloqalarni rivojlantirish fondi direktori Yuriy Moskovskiy, Sputnik ka xabar berishicha, bunday choralar katta muammolarga olib keladi, chunki “oyiga 20 ming rubl oylik olayotgan odam uchun 10 ming sug‘urta puli to‘lash amri mahol bo‘ladi”, — dedi u.
“Har bir narsa mantiq chegarasida bo‘lishi kerak. Ushbu qonun tufayli ular yo Rossiyaga kelishdan voz kechadi yoki qonunni aylanib o‘tish yo‘lini izlaydi”, — dedi migratsiya eksperti.
Moskovskiyning fikriga ko‘ra, ushbu choralar “eng kambag‘al aholi hisobidan” davlat budjetini to‘ldirishga qaratilgan. Bunday hatti harakatlar Rossiyada ishlayotgan fuqarolarning oyligi pastligining sababidir. “Bu migrantlardan surbetlarcha foydalanish. Menimcha bu noto‘g‘ri”, — dedi u.
Ekspertning fikriga ko‘ra, Rossiyada ishlayotgan migrantlar, ularning barchasida tibbiy polis bo‘lishiga qaramasdan, kamdan-kam hollarda undan foydalanishadi.
“Migrantlarning asosiy qismi asosan ish bilan mashg‘ul va kamdan-kam hollarda shifokorga murojaat qilishadi. Bu ma’noda, ular rossiyaliklarga o‘xshaydi — kasallik yiqitmaguncha ishlayverishadi. Hammasi qonun tafsilotlariga bog‘liq. Ayni vaqtda ushbu qonun aynan qanday migrantlarga taaluqli ekanligi ham noma’lum”, — dedi Moskovskiy
Rossiya Federal Migratsiya xizmati xabariga ko‘ra 2016-yilning 4-mart holatiga Rossiya hududida 348 ming Qirg‘iziston, 863 ming Tojikiston, 625 ming Qozog‘iston, 24 ming Turkmaniston va 1,7 mln O‘zbekiston fuqarolari bor. Ekspertlar fikriga ko‘ra – 10 ming so‘m O‘rta Osiyo mamlkatlaridan kelgan migrantlar uchun katta mablag‘.