Sakkiz nafar chet el rahbarlari 2018-yilda O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldilar

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumiy hisobda 2018-yilning o‘tgan davrida 30dan ortiq davlat va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazilgan, 180ta ikkiyoqlama kelishuvlar va bitimlar imzolangan

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yilning o‘tgan 11 oyi davomida davlat rahbarlari darajasida 21 ta tashrif amalga oshirildi. Bu haqda seshanba kuni yil yakunlariga bag‘ishlangan brifing davomida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’lum qildi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Taksisti na granitse mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini bir kunda 20 mingdan ziyod fuqaro kesib o‘tmoqda

Xususan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlarga 13 ta tashrifi (2 ta davlat tashrifi - Tojikiston va Hindistonga, 2 ta rasmiy tashrif - AQSh va Fransiyaga, 9 ta ishchi tashrif – ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok yetish uchun) amalga oshirildi.

O‘zbekistonga 8 ta davlat (Afg‘oniston, Belorussiya, Misr, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya) rahbarlari tashrif buyurishdi.

Umuman olganda 2018-yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlar va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0