Saudiya Arabistonida ayollar ajrashganlik haqidagi SMS orqali xabardor qilinadi

© AFP 2023 / INDRANIL MUKHERJEEDevushka zvonit po mobilnomu telefonu
Devushka zvonit po mobilnomu telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni hukumati erkaklarga nikohlari buzilgani haqida ayollariga SMS orqali xabar jo‘natish majburiyatini yukladi.

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Yangi qoida erkaklarning rafiqalariga xabar bermasdan yashirincha nikohni buzishlari holatlariga barham berishi kerak. Saudiya Arabistoni hukumat erkaklarga nikohlari buzilgani haqida ayollariga SMS-xabar orqali ma’lum qilish majburiyatini yukladi. Bu haqda VVS xabar qildi.

“Yangi chora ayollarning ajrashgandan keyin ularning huquqlariga rioya qilinishini kafolatlaydi. Shuningdek, nikoh bekor qilinishiga qadar berilgan har qanday ishonchnoma noto‘g‘ri foydalanmasligini kafolatlaydi”, - deydi advokat Nistrin al-Hamdi.

Saudovskaya jenshina za rulem - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida ayollarga mashina boshqarishga ruxsat berildi

Ilgari ayollar erlarining ajrashganlik faktini yashirganini sababli sudga shikoyat berishlariga to‘g‘ri kelardi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning iyun oyida Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor 10 nafar ayol haydovchilik guvohnomasini olishgandi. Ularga 24-iyundan boshlab rasman avtomobil boshqarish huquqi berilgandi.
Saudiya Arabistonida oldin ham ayollarga avtomobil haydash to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’qiqlanmagan edi, lekin haydovchilik guvohnomalari oldin faqat erkaklarga berilar edi. Ayol kishi avtomobil boshqargani ma’lum bo‘lsa, unga katta jarima solinishi mumkin edi.

Yangiliklar lentasi
0