TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Caudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud seshanba kuni qirollik ayollariga tarixda birinchi marta mashina boshqarish huquqini beruvchi farmonni imzoladi, deb xabar qilindi Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi o‘zining Twitterdagi sahifasida.
Qirol IIV, Moliya vazirligi, Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi vakillaridan komissiya chaqirtirishga buyruq bergan. Komissiya ayollarga mashina boshqarish huquqini taqdim etish uchun tegishli choralarni o‘rganish bilan shug‘ullanadilar.
Eslatib o‘tamiz, dunyodagi eng konservativ davlatlardan biri sanalmish Saudiya Arabistoni ko‘plab sohalarda ayollar huquqlarini cheklagan. Ammo oxirgi vaqtlarda qirollikda ko‘pchilik ayollarni u yoq-bu yoqqa olib borishga majbur bo‘layotgan erkaklarning vaqtini tejash uchun ayollarga mashina boshqarish huquqini taqdim etish kerak, degan fikrni bildirib kelayotgan edi.
Bungacha saudiyadagi imomlardan biri "aqliy qobiliyati cheklanganligi tufayli" ayollarga mashina boshqaruvini ishonib topshirib qo‘ymaslik kerak, degan ta’kid bilan chiqqan, ammo shundan so‘ng u hukumat tomonidan diniy faoliyatdan uzoqlashtirilgan edi.