Kommunal xizmat qarzlarini ro‘yxatga qo‘yilgan har bir kishidan undirib olish mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSchetchik vodi
Schetchik vodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari kommunal xizmat bo‘yicha qarzlarni faqat uy egasidan undirib olish mumkin edi.

TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. Endilikda kommunal xizmati uchun qarzlarni uy-joy manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan voyaga yetgan barcha jismoniy shaxslardan undirib olish mumkin bo‘ladi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonunda keltirib o‘tilgan.

“Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga binoan Uy-joy kodeksining 133-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritiladi.

“Uy-joy obyektining manzili bo‘yicha doimiy propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti va suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya) xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan qonun hujjatlariga va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
Soliq qarzlarini plastikdan so‘zsiz yechib olish haqidagi qonun bekor qilindi

Ilgari sud orqali to‘lovni faqat uy egasidan undirib olish mumkin edi.  Endilikda Majburiy ijro burosi sud qarori bo‘yicha mazkur kommunal xizmatlaridagi qarzlarni uyda doimiy propiska qilingan barcha shaxslardan undirib olishlari mumkin. Bir hisobdan yechib olingan to‘lov EKOIHning ikki baravaridan oshmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0