Soliq qarzlarini plastikdan so‘zsiz yechib olish haqidagi qonun bekor qilindi

© Sputnik / Ruxkan / Mediabankka o‘tishOplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy
Oplata pokupki cherez terminal plastikovoy bankovskoy kartoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Soliq nazorat organlariga fuqarolar qarzlarini plastik kartochkalardan so‘zsiz yechib olish huquqini beruvchi qonun bekor qilindi.

TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Fuqarolarning soliq bo‘yicha qarzlarini jismoniy shaxslar plastik kartochkalardan so‘zsiz yechib olish haqidagi qonun normasi bekor qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Soliq qarzini plastik kartadan so‘zsiz undirish tartibi tayyorlandi

Aytish joizki, ushbu qonun kuchga kirmasdan turib bekor qilindi. O‘zbekiston prezidentining 2018-yilning 26-iyunida imzolangan 3802-sonli  qarorida qiymati EKIHning 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan soliq qarzlarini jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan so‘zsiz yechib olishni nazarda tutgan edi. 

Muhokama qilish va yechib olish mexanizmini ishlab chiqarish jarayonida ushbu qonun normasiga ko‘plab savollar va izohlar paydo bo‘lgan edi.

Ikkinchidan, soliq organlariga bunday huquqning berilishi fuqarolar va hukumatning ayrim muassasalari tomonidan salbiy kutib olindi. Xususan, Markaziy bank alohida muassasa manfaatlari iqtisodning boshqa tarmoqlaridan ustun qo‘yilmasligi kerakligini ta’kidladi. 

Bunday “sovuq kutib olish” oqibatida, qonunning ushbu normasi o‘zining yakuniy tasdig‘ini topmadi va 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab 4086-sonli PQ bilan bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0