YeOII fuqarolari Rossiyada chet el "prava"lari bilan haydovchi bo‘lib ishlashlari mumkin

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishVoditel avtobusa, arxivnoe foto
Voditel avtobusa, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, loyiha amal qilish muddati ko‘rsatilmagan chet el haydovchilik guvohnomalari bilan bog‘liq huquqiy muammolarni hal etishni nazarda tutadi

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolariga 2018-yilning 1-iyul sanasidan boshlab Rossiyada ular ega milliy haydovchilik guvohnomalari asosida haydovchi bo‘lib ishlashlariga ruxsat berilishi mumkin. Tegishli qonunchilik loyihasi Rossiya IIV tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Rabota taksi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada haydovchilar “professional” va “havaskor"larga bo‘linadi
O‘zgarishlar YeOII mamlakatlari fuqarolariga "tadbirkorlik va transport vositalari boshqaruvi bilan bog‘liq mehnat faoliyatini amalga oshirishda" chet el haydovchilik guvohnomalari asosida trasport vositalarini boshqarish imkonini beradi.

Bundan tashqari, loyiha amal qilish muddati ko‘rsatilmagan chet el haydovchilik guvohnomalari bilan bog‘liq huquqiy muammolarni hal etishni nazarda tutadi.

Hujjatga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy yashovchi chet el milliy guvohnomasiga ega shaxslar Rossiya hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat olingan sanadan olti oy o‘tgach yoxud mamlakatga kirgan kundan e’tiboran olti oy o‘tishi bilan ushbu guvohnomalar haqiqiy emas, deb topiladi.

YeAES(YeOII) — bu Bojxona ittifoqi va yagona iqtisodiy hudud doirasida tashkil qilingan xalqaro integratsion iqtisodiy uyushmadir. U 2015-yilning 1-yanvaridan ishga tushdi. Hozir YeOIIning a’zolari bu Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondir.

Yangiliklar lentasi
0