O‘zbekistonda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPodozrevayemiy v sude
Podozrevayemiy v sude - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga 15-yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. Bugun Toshkent shahar Yunusobod tumani jinoiy ishlar bo‘ycha sudida O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti sud vakiliga asosan.

“Rashid Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud majlisi yopiq tartibda bo‘lib o‘tadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning fevral oyi oxirida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qodirov hibsga olinganihaqida xabar qilgan edi.

Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov mahbuslar shifoxonasiga yotqizildi

Sobiq bosh prokuror pora olishda, talonchilikda va lavozimini suistemol qilishda ayblangan edi. Ushbu jinoyatlar bo‘yicha 15-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Shuningdek ushbu kabi ayblovlar sobir bosh prokuraturaning 24 nafar xodimlariga nisbatan qo‘yilgan, jumladan sobiq bosh prokurorning o‘g‘li Alisher Qodirovga nisbatan ham ayblov  qo‘yilib u xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Rashid Qodirov O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 2000-2015 yillar davomida boshqarib kelgan. 2015- 2017-yillar davomida Qodirov O‘zbekiston Konstitutsion sudi a’zosi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0