Jamiyat

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov mahbuslar shifoxonasiga yotqizildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko /  / Mediabankka oʻtishKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shu yilning 22 fevralida hibsga olingan Qodirov Bosh prokuratura rasmiy xabariga koʻra, tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va pora olish moddalari boʻyicha ayblanmoqda.

TOSHKENT, 31 may – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov xalq tilida “Sangorod” deb ataladigan mahbuslar davolanadigan shifoxonada davolanmoqda. Bu haqdagi xabarni “Xabar.uz”ning ichki ishlar vazirligi tizimidagi manbasi tasdiqladi.

Batыr Parpiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Botir Parpiyev kasalxonaga tushib qoldi - OAV

Maʼlum boʻlishicha, Rashidjon Qodirov taxminan ikki hafta oldin qon bosimidan aziyat chekib, “Sangorod”ga yotqizilgan. Hozirgi paytda uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

Shu yilning 22 fevralida hibsga olingan Qodirov Bosh prokuratura rasmiy xabariga koʻra, tovlamachilik, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va pora olish moddalari boʻyicha ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0