O‘zbekistonda Mudofaani boshqarish milliy markazi tashkil qilinadi

© Minoboroni RUzPerviy den proverki voysk Minoboroni RUz
Perviy den proverki voysk Minoboroni RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaani boshqarish milliy Markazi - O‘zbekiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Respublika Qurolli Kuchlarining jangovar imkoniyatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. O‘zbekistonda Mudofaani boshqarish milliy markazi tashkil qilinadi. Bu 2019-yilning davlat dasturiga kiritilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
2019 yil uchun Davlat dasturi muhokamaga qo‘yildi

2018 yilning oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilni - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb atagan edi. 2019 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi tarkibiga, jumladan Mudofaani boshqarish  milliy Markazi tashkil qilish haqida ham aytib o‘tilgan. Hujjatda aytilishiga ko‘ra, ushbu Markaz Respublika mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar imkoniyatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Mudofaani boshqarish milliy Markazi tashkil qilish, qurolli kuchlarni eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida boshqarish hamda 2019-2021 yillar davomida Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha hamda harbiy texnika bilan jihozlashni, mavjud texnikalarni zamonaviylashtirish va ularni ta’mirlashni nazarda tutadi. Dasturning dastlabki loyihasini 10-aprelga qadar tayyorlash rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu podrazdeleniya Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Milliy gvardiya IIV va Mudofaa vazirliklariga raqib ekanini aytdi

Ushbu davlat dasturida, 2019-yilning ikkinchi yarmida harbiy va ikki maqsadli mahsulotlar, ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi ilmiy-izlanish muassasalari, o‘quv muassasalari va alohida korxonalar tomonidan yaratilgan yangiliklarni bir joyga jamlash (konsolidatsiya) maqsadida mudofaa-sanoat majmuasining ilmiy-konstruktorlik klasterini tashkil qilishni ham nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi” nomli hujjatni imzolagan edi. Ushbu hujjat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini zamonaviy qurol aslsha bilan ta’minlash, O‘zbekistonda o‘z harbiy-sanoat majmuasini tashkil qilishni nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0