Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soborida Rojdestvo nishonlanmoqda

Obuna bo‘lish
O‘tgan oqshom pravoslav nasroniylarining eng ulug‘ bayrami – Rojdestvo munosabati bilan Avliyo-Uspensk soboriga besh mingdan ortiq fuqarolar jamlandi.

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. O‘tgan oqshom Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soboriga Rojdestvo ibodatini amalga oshirish uchun besh mingdan ortiq mahalliy pravoslav nasroniylar jamlanishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bayram ibodatini Markaziy Osiyo mitropolit okrugi rahbari, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti – Vikentiy amalga oshirdi. Vikentiy, o‘zining tabrik so‘zida, bugungi katta xavflar va kishini yo‘ldan uruvchi g‘oyalar avj olgan zamonda insonlar axloq va ma’naviy qadriyatlarga asosan yashashi kerak dedi.

Uspenskiy kafedralniy sobor v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soborida Pasxa ibodatiga 5 ming kishi qatnashdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bayram doirasida Toshkent yeparxiyasi uchun an’anaviy bo‘lib qolgan “Bolaga sovg‘a jamlash” – xayr-ehson tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Odam ko‘p jamlanadiga joylarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Avliyo-Uspensk sobori atrofida huquqni saqlash organlari vakillari hamda tez yordam brigadalari navbatchilik qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yeparxiyasi tarkibiga Dushanbe, Bishkek va Turkmaniston yeparxiyalari kiradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 3ta pravoslav monastirlari hamda 37ta cherkovlari faoliyat yuritmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0