Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soborida Pasxa ibodatiga 5 ming kishi qatnashdi

Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soborida pasxa ibodatiga kutilganidan ham ko‘p kishi qatnashdi. Cherkov binosi ichiga sig‘maganlar uchun bino hovlisida joy tayorlandi va ekranlar o‘rnatildi.

TOShKENT, 1-may —  Sputnik. Toshkentdagi xristianlarning Avliyo-Uspensk soborida bugun yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Pasxa ibodatiga  5 mingdan ziyod kishi qatnashdi, deb xabar berdi O‘zbekiston yeparxiyasi matbuot kotibi iyerodiakon Mixail (Stolyarov).

Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu kun dindorlarga tarqatilgan muqaddas olov maxsus qatnov bilan Tel-Avivdan olib kelingan. Ushbu olovni olib kelish uchun Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy Toshkent, Dushanbe, Beshkek yeparxiyalari va Rossiya Pravolav cherkovining Turkmanistondagi vakolatxonasi ziyoratchilari bilan birgalikda Isroilga borib kelgan.

“Iso Masihning qayta tug‘ilishi bilan bizning yerdagi hayotimiz abadiy va baxtiyor bo‘lish uchun qahramonlik va mehnatga to‘ladi. Ushbu omonat dunyo orqali Xudo bizlarni abadiyaga chorlaydi. Abadiyatni tushunish odamzodga juda qimmatga tushgan – u Iso Masih chekkan azoblari va uning qoni evaziga berilgan”, — dedi mitropolit Vikentiy o‘zining murojaatida.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPasxalnoe bogoslujenie
Toshkentdagi Avliyo-Uspensk soborida Pasxa ibodatiga 5 ming kishi qatnashdi - Sputnik O‘zbekiston
Pasxalnoe bogoslujenie

O‘zbekiston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, cherkov atrofida militsiya xodimlari va tez yordam mashinalari navbatchilk qilishgan.

O‘rta Osiyo mitropolit okrugi Beshkek, Dushanbe, Toshkent yeaprxiyalarini va turkmanistondagi Rossiya Pravoslav cherkovi vakolatxinalarini birlashtiradi. Okrug rahbari Toshkent va O‘zbekiston mitropolitidir.

Yangiliklar lentasi
0