Sirdaryo viloyatida temir vagonda yong‘in yuz berdi, bir kishining jasadi topildi

© AFP 2023 / PHILIPPE HUGUENPojar
Pojar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019-yil 5-yanvar kuni “Guliston Dav Suv Maxsus pudrat” DUKga tegishli ishchi xodimlarni dam olish uchun mo‘ljallangan temir vagonida yong‘in sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 5 yanv  — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019-yil 5-yanvar kuni “Baxmalsoy” MFY hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan “Guliston Dav Suv Maxsus pudrat” DUKga tegishli ishchi xodimlarni dam olish uchun mo‘ljallangan temir vagonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Pojarniy zakreplyayet rukav shlanga - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida vagonining yog‘och qoplamasi yonib zarar ko‘rgan hamda Guliston tumanida yashagan, yuqoridagi unitar korxonaning ishchisi bo‘lgan M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0