TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Xakerlar internetda yuzlab nemis siyosatchilarining shaxsiy ma’lumotlarini e’lon qildilar, deb xabar berdi juma kuni rbb Inforadio radiostansiyasi.
Radiostansiya xabariga ko‘ra, Twitterdagi sahifalarning birida siyosatchilarning mobil telefoni raqamlari, manzillari, shuningdek partiyalararo hujjatlar chop etilgan. Bundan tashqari, ayrim siyosatchilarning pasport kserokopiyalari, ular oilasi a’zolariga tegishli kredit kartalar bo‘yicha ma’lumotlar va qarindoshlar bilan yozishmalar ham omma e’tiboriga havola qilingan.
Mamlakatning "Germaniya uchun alternativa" partiyasidan bashqari barcha partiyalari xujumga uchragan.
Ayni vaqtda kiberxujum orqasida kim turgani noma’lum. Ma’lumotlar ommaga e’lon qilingan akkaunt 16 mingdan ziyod a’zolarga ega. Akkaunt operatori Gamburgda joylashgan deb taxmin qilinayotgan internet-platformaga tegishliligi aytilmoqda.
Aytgancha, Germaniya kansleri idorasi va shaxsan Angela Merkelga doir ma’lumotlar fosh etilmagan. Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili o‘rinbosari Martina Fis brifing davomida ma’lum qilgan.
Ayni vaqtda Germaniya Ichki ishlar vazirligi xakerlik xujumi ortida chet el maxsus xizmatlari qo‘li bor-yo‘qligini aniqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.