Xakerlar shaxsiy akkauntingizni hoziroq qanchaga buzishga tayyor

Obuna bo‘lish
Yovuz niyatli shaxslar chegirmalar va bir umrlik kafolat ham taklif etishadi: agar akkauntingiz ishlamay qolsa, uning o‘rniga ikkinchisi mutlaqo bepul taqdim etiladi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Atigi 50 dollarga xaker tomonidan kishi haqida to‘plangan ma’lumotlarning to‘liq paketini xarid qilish mumkin, shu jumladan, uning pochtasi va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari parollarini ham, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston "Populyarnaya mexanika" nashriga tayangan holda.

Takliflarning aksariyati xakerlar anonim ravishda ma’lumotlar bilan almashib turadigan Darknet tarmog‘ida bir dollardan pastroq turadi. Takliflar orasida eng arzoni va eng ommabopi — elektron pochta manzillari va parollardir. Facebookda o‘g‘irlangan bitta akkaunt bir dollarga yaqin, Netflix — dbesh dollargacha; kompyuter yoki serverga masofadan kirish - 5 dollardan 50 dollargacha narxlanadi.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Xakerlar hujumiga uchragan O‘zbekiston saytlari faoliyati tiklandi

Yovuz niyatli shaxslar chegirmalar va bir umrlik kafolat ham taklif etishadi: agar bir akkaunt ishlamay qolsa, uning o‘rniga ikkinchisi mutlaqo bepul taqdim etiladi.

Olingan ma’lumotdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin — jabrdiyda pullariga egalik qilishdan tortib, uning kompyuterini allaqanday bot-tarmoqni ulab qo‘yishgacha.

Bu xavfga qarshi qanday kurashish mumkin? Agar pochtangizga kelgan maktub yuboruvchisi sizga notanish bo‘lsa, u holda undan kelgan programmalarni ishga tushirmang va fayllarni ochmang.

Internet foydalanuvchilarini ochiqchasiga g‘alati xabarlar bilan o‘ziga jalb qiluvchi saytlarga kirmang. Va albatta, kompyuter/smartfoningizga ishonchli antivirus o‘rnating.

Yangiliklar lentasi
0