Samarqandda maktab o‘quvchisi uch yashar bolakay o‘limiga sabab bo‘ldi

CC0 / Pixabay / Hans / DTP
DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab o‘quvchisi sodir etgan avariya oqibatida bir oila 3 yashar farzandini yo‘qotgan

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Samarqand shahrida yashovchi 9-sinf o‘quvchisi bobosi nomidagi avtomashinani olib so‘roqsiz minib ketib, avariya sodir etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

DTP - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi dahshatli avariya: sakkiz kishi halok bo‘ldi, uch nafari jarohatlandi

Hodisa 2-yanvar kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. O‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi D.X. hujjatlarsiz bobosining nomida bo‘lgan "Lasetti" rusumli avtomashinani minib qochgan. Zarafshon shox ko‘chasida haydab ketayotganida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan "Matiz" avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada "Matiz" avtomashinasi haydovchisining 3 yoshli o‘g‘li jarohat olib voqea joyida vafot etgan va haydovchi hamda uning turmush o‘rtog‘i va 1 yoshli qizi jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0