TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Yo‘l qoidasi buzilishi sakkiz nafar shaxsning o‘limiga va uch nafar shaxsning tan jarohati olishiga sabab bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Natijada "Kobalt" avtomashinasi haydovchisi O.Kamolov va uning 2 nafar yo‘lovchilari, jarohat olib voqea joyida vafot etgan. "Neksiya" avtomashinasi haydovchisi S.Sunnatov va uning 4 nafar yo‘lovchilari, jarohat olib kasalxonaga keltirilganlarida vafot etganlar.
Shuningdek, "Kobalt" avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchilari jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Bu o‘tgan haftada sodir etilgan va ko‘plab insonlar hayotiga nuqta qo‘ygan ikkinchi dahshatli avariyadir. O‘tgan haftada Jizzax viloyatida avtomobillar katta tezlikda kelib to‘qnashishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan edi.