Rossiyada 2035-yilga kelib robotlarni o‘qitadigan universitet paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishInteraktivnaya vistavka "Robostansiya" na VDNX
Interaktivnaya vistavka Robostansiya na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF hozircha sun’iy ong "pedagogikasi" bunday ta’lim muassasalari yo‘q. Ammo yaqin besh yilda bu kabi mutaxassisisliklar rossiyaliklar uchun texnik oliygohlarda ochilishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Robotlar va sun’iy ongga ta’lim beruvchi universitet 2035-yilda Rossiyada paydo bo‘ladi, deb xabar qildi RIA Novostiga "Avtonet" milliy texnologik tashabbus markazi.

Ayol fermerlar guruch maydonlarini qayta ishlashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada guruchzorlarda ishlaydigan robot-fermerlar ixtiro qilindi

Xabarga ko‘ra, 2035-yilda Rossiyada malakali mutaxassislar tomonidan testlar o‘tkaziladigan, raqamli ong texnologiyalari yanada mukammallashtiriladigan sun’iy ong universiteti yoki shunday nomli tashkilot paydo bo‘ladi.

Markaz xodimlari etib oliygohlar ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari olinadi. Ular sun’iy ongni shahar transport infrastrukturasiga avtomatlashtirilgan transport vositalari va aloqa texnologiyalari joriy etilishi bilan bog‘liq amaliy masalalarni bajarishga o‘rgatadilar.

Oliygohlar bazasida institutlar tashkil etilib, ularda malakali mutaxassislar izchillik bilan Rossiyada ishlab chiqilgan sun’iy ong ishlanmalarini rivojlantirish va sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadilar.

Professionallar talabalar yaratgan modellar bilan bir qatorda chetgi texnologiyalar bilan ham ishlashlari aytilmoqda.

Tijorat tashkilotlari ushbu institutlarga texnologiya ustida ishni maromiga yetkazish bo‘yicha ham murojaat qilishlari mumkin.

Sun’iy ongga ta’lim beruvchi pedagog yoxud "sun’iy ong bo‘yicha mutaxassis" aloqa, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida eng talabgir bo‘lgan "kelajak kasbi" bo‘lishi kutilmoqda, deb hisoblaydi "Avtonet" mutaxassislari.

"Bunday mutaxassislar matematik va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga, raqamli savodxonlik ko‘nikmaga va murakkab masalalarni yecha olish qobiliyatiga ega bo‘lmoqlari lozim", - deb ta’kidlashdi markaz matbuot-xizmatida.

RF hozircha sun’iy ong "pedagogikasi" bunday ta’lim muassasalari yo‘q. Ammo yaqin besh yilda bu kabi mutaxassisisliklar rossiyaliklar uchun texnik oliygohlarda ochilishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0