Yaponiyada guruchzorlarda ishlaydigan robot-fermerlar ixtiro qilindi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishAyol fermerlar guruch maydonlarini qayta ishlashmoqda
Ayol fermerlar guruch maydonlarini qayta ishlashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyada keksa fermerlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ularning og‘irini yengil qilish maqsadida, Kubota kompaniyasi guruch maydonlarida foydalansa bo‘ladigan, o‘zi boshqariladigan birinchi traktorni ishlab chiqdi.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Yaponiya hukumati fermerlar ishini avtomatlashtirishga yordam beradigan 20 turdagi robotlarni ishlab chiqishga 37 million dollar ajratishga tayyor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Mamlakat hukumati bu haqda “Katta yettilik” mamlakatlari Qishloq xo‘jalik vazirlari uchrashuvida bayonot berdi.
Vazirlarning so‘zlariga qaraganda, dalalarda mehnat qilayotgan yoshi katta kishilarning soni kundan-kunga ortib bormoqda, Yaponiyada fermerlarning o‘rtacha yoshi 67ni tashkil qiladi.

"Agar fermerlar, yoshi bir joyga borganda, mehnat unumdorligini oshirish niyatida bo‘lsalar, ular kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan texnologiyalarga umid bog‘lashlaridan o‘zga chora yo‘q”, — deb ta’kidladi agentlik eksperti Maxiko Sugata.

Agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, Yaponiyadagi qishloq xo‘jaligiga oid jihozlarni ishlab chiqaruvchi eng yirik Kubota kompaniyasi o‘zi boshqariladigan traktorning birinchi prototipini ishlab chiqqan. Undan guruchzorlarda foydalanish mumkinligi ta’kidlanmoqda. Robot GPS-navigatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, tuproq holatini aniqlab, yerni haydaydi va o‘g‘itlantiradi.
Kompaniya, shuningdek, keksa fermerlar o‘z yelkalarida olib yura oladigan jihozlarni yaratish ustida ham ish olib bormoqda. Bu moslamalar meva va sabzavotlarni yig‘ishtirishda fermerlarga eng yaxshi ko‘makchi bo‘lishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0