AQSh Afg‘onistondagi harbiy kontingentni sezilarli qisqartirmoqchi - OAV

Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda Afg‘onistonda AQShning 14 mingga yaqin harbiy xizmatchilari mavjud. Oldingi prezident - Barak Obama davrida ular soni 10 ming nafarga yetmagan.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. AQSh Afg‘onistonda harbiylar ishtirokini ikki marta qisqartirishni rejalashtirmoqda. Lekin mamlakatda "Tolibon" va "Islom davlati" terroristik uyushmasiga qarshi reydlar o‘tkazadigan maxsus qo‘shinlar zarba berish guruhlari qoldiriladi, deb xabar qilmoqda, Military.com portali.

Meropriyatiya v Parije v chest 100-letiya okonchaniya I mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston urushi SSSR tarqalishiga sabab bo‘lgan, dedi Tramp

Portal AQSh administratsiyasi rejalari bilan tanish bo‘lgan manbaga tayangan holda ma’lum qilishicha, Afg‘onistondagi NATO missiyasi qo‘mondoni general Skott Miller yaqin 8-12 oy ichida Afg‘onistondan 7 mingga yaqin amerika harbiy xizmatchilarini olib chiqib ketishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, manba axborotiga ko‘ra, Amerika qo‘shinlarining maxsus topshiriqlarni bajaruvchi bo‘linmalari zarba berish guruhlari Afg‘onistonni tark etmaydi.

O‘tgan yil dekabr oyida Wall Street Journal nashri AQSh administratsiyasi Afg‘onistonda 2001-yildan buyon mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan operatsiyani o‘tkazib kelayotgan Amerika harbiylari kontingentni son jihatdan sezilarli qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Ammo sal keyin Oq uy milliy xavfsizlik kengashi vakili Garrett Markis prezident Donald Tramp Afg‘onistonda harbiylar sonini qisqartirish, ularni olib chiqish haqida qaror qabul qilmagani, bunday buyruq mudofaa vazirligiga berilmaganini aytgan.

Ayni vaqtda Afg‘onistonda AQShning 14 mingga yaqin harbiy xizmatchilari mavjud. Oldingi prezident Barak Obama davrida ular soni 10 mingga yetmagan.

Yangiliklar lentasi
0